BIZ HAQIMIZDA
SODIQOV JAMSHID IBROHIM O'G'LI
Akademik litsey ijrochi direktori
E-mail: admin@turin.uz
Tel: +71 246-73-30
Ma'lumoti: Oliy
Diplom bo'yicha mutaxassisligi: Qurilish avtomobil yo'llari va aerodromlar
Ilmiy darajasi va unvoni: Texnika fanlar doktori, dotsent
Akademik litsey ijrochi direktori Sodiqov Jamshid Ibrohim o'g'li Toshkent shahrida 1979 yil ziyoli oilasida tug'ilgan. O'z mehnat faoliyatini Toshkent avtomobillar instituti talabaligidan boshlagan. Mazkur institutning magistraturasini ham tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida OAJ "Avto yo'l taraqqiyoti"da buhgalter, Yo'l loyiha byurosida ikkinchi darajali mutaxassis, OAJ "Avto yo'l taraqqiyoti"da direktor, Toshkent avtomobil yo'llarini, loyihalash qurish va ekspluatatsiya qilish institutida kafedra mudiri, "Medprotect system"da konsultant, Toshkent avtomobil yo'llarini, loyihalash qurish va ekspluatatsiya qilish institutida dosent, Toshkent davlat transport institutida dosent, professor bo'lib ishlagan.
100 dan ortiq ilmiy maqolalar, 3 ta darslik, 2 ta o'quv qo'llanma va 1 ta patent mualifi. Ko'pgina mamlakatlarda, Germaniya, Yaponiya, Tailand, Shvetsiya, Serbiya va AQSH kabi jahon mamlakatlarida o'z malakasini oshirib kelgan.