TOSHKENT SHAHRIDAGI

TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETI HUZURIDAGI

AKADEMIK LITSEY

Davlat test markazi tomonidan o'tkaziladigan test

⚡️Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga!!!


🔰 Xabar berganimizdek, akademik litseylarga kirish test sinovlari 2022-yil 22-avgust kuni Davlat test markazi tomonidan maxsus belgilangan hududlarda o‘tkaziladi.


Test sinovlari bir smenada o‘tkazilib, soat 8:00 boshlanadi.


Akademik litseylarda 1-bosqich dastlabki yozma imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar quyidagi tartibda test sinovlariga kirish ruxsatnomasini:


litsey.edu.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga o‘zining login va paroli bilan kirgan holda yuklab olishi;

➖yoki hujjat topshirgan akademik litseydan ham bevosita borib olishlari mumkin.


Test sinovlari ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fan va intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha o‘tkaziladi.


Bunda talabgorlarga har bir fandan 20 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni bajarish uchun javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 110 daqiqa vaqt ajratiladi.


Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 146 ball bo‘lib, ta’lim yo‘nalishiga mos fanlar bo‘yicha har bir to‘g‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami 124 ball), intellektual qobiliyat darajasi (IQ) ni aniqlash bo‘yicha esa 1,1 balldan (jami 22 ball) beriladi.


Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.


🔗 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube


YOZMA ISH IMTIHON NATIJALARI

TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYIDA 13-16 IYUL KUNLARI OʻTKAZILGAN YOZMA ISH IMTIHON NATIJALARI

Bu yil akademik litseylarga o‘qishga qabul qilish qay tartibda o‘tmoqda?


✔10-iyul kuniga qadar litsey.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish amalga oshirilmoqda;


✔ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentga 3 tagacha litseyni tanlash imkoniyati berilgan (bunda ta’lim tili bir xil bo‘lgan bittadan mos yo‘nalish belgilanadi);


✔imtihonlar ikki bosqichda – dastlabki yozma imtihon va kirish test sinovlari o‘tkaziladi;


✔imtihon savollari umumta’lim fanlarining 5—9-sinf dasturlari asosida tuziladi;


✔abituriyent o‘zi tanlagan hududda tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok etish huquqiga ega;


✔dastlabki yozma imtihonlar akademik litsey tomonidan 2022-yil 13—16-iyul kunlari;


✔ kirish test sinovlari esa DTM tomonidan 2022-yil iyul oyida o‘tkaziladi. Test sinovlari o‘tkaziladigan aniq kunlar dastlabki imtihonlar yakunlangandan soʻng qoʻshimcha ravishda e’lon qilinadi.



Akademik litseyda imtixonlar 13-16 iyul kunlari ikki smenada o’tkaziladi. Birinchi smen imtixonlari soat 9:00da va ikkinchi smen imtixonlari 13:00da boshlanadi. Barcha abituriyentlarga qaysi kun va vaqtda ekanliklari telefon qilish orqali e’lon qilinadi.Kimki imtixonlarda aytilgan kun va soatda qatnasha olmasa akademik ma’muriyatuga bog’lanishini so’raymiz!


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3 - dekabrdagi "Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4910-sonli qaroriga binoan, TTPU akademik litseyiga 2022-2023 o'quv yilida kirish imtihonlar tajriba tariqasida IKKI BOSQICHLI TIZIM asosida o'tkaziladi:

●Birinchi bosqichda abituriyentlar dastlabki yozma imtihonni fizika va matematika fanlaridan TTPU akademik litey hududida topshiradilar.

● Ikkinchi bosqichda abituriyentlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan maxsus hududlarda o'tkaziladigan test sinovlarini topshiradilar.


TTPU akademik litseyiga hujjat topshiruvchilarni ro'yxatdan o'tkazish Yagona interaktiv davlat hizmatlari portali hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.


Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-martdagi Qarorining 10-bandiga asosan, hujjatlar qabul qilishning belgilangan muddatlari tugagandan so'ng haujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish taqiqlanadi.


O'qish muddati 2 yil.

Akademik litsey umumta'lim maktablarining 9-sinf o'quvchilarini tanlov asosida qabul qiladi.

Akademik litsey bitiruvchilariga umumiy o'rta ta'lim namunasidagi Diplom va Texnik dasturchi mutaxassisligi Sertifikati beriladi.

Yo'nalishlar:

Aniq fanlar - 1 (matematika, fizika, ona tili va adabiyot)

Ta'lim tili:

O'zbek tili va rus tili

Maslahat kengashiga taqdim etiladigan hujjatlar:

taʼlim yoʼnalishi, oʼquv tili, shakli koʼrsatilgan ariza;

shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tugʼilganlik haqidagi guvohnoma yoki pasport/ID-karta) nusxasi;

3,5x4,5 sm oʼlchamdagi 6 ta rangli fotosurat (oq fonda). Maktab direktori imzosi va maktab muhri tushurilgan bo’lishi shart.



Manzil: Toshkent shahar Olmazor tumani, Umid ko'chasi, 1 A uy


Batafsil ma'lumot uchun:


Web-sayt: www.turin.uz

E-mail:turinlitsey@polito.uz

Tel/Fax: 71-246-23-31, 71-246-23-30


Hujjat yuborish:


Kirish imtihonlari iyul oyiga rejalashtirilgan bo'lib, aniq kuni va vaqti bo'yicha qo'shimcha ma'lumot beriladi. Qo'shimcha ma'lumot olish uchun quyidagi veb- sahifadagi yoki telegram kanaldagi yangiliklarni muntazam kuzatib borishingizni tavsiya qilamiz. Bilimingizni tekshirish uchun quyidagi test sinovlarini echib ko'rishingiz mumkin.


Matematikadan Test Sinovi

Fizikadan Test Sinovi


Talabalar ittifoqi

Musobaqalar

Dars jadvali

IELTS sertifikatlari


QO'SHIMCHA TA'LIM KURSLARI


Matematika

Fizika

Dasturlashtirish

English

TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETI HUZURIDAGI AKADEMIK LITSEY

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti qoshidagi akademik litsey 2010 yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan eng sara va taniqli STEM maktablaridan biridir

Carousel imageCarousel imageCarousel imageCarousel imageCarousel imageCarousel imageCarousel imageCarousel imageCarousel imageCarousel imageCarousel image

Manzil:

O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Umid ko'chasi, 1a uy
Теl:
+998 71 246 23 31
Qanday borsa bo'ladi:
"Beruniy" metro bekati - 1,99 км
"Tinchlik" metro bekati - 2,67 км
"Chorsu" metro bekati - 4,20 км
Turin politexnika universiteti - 264 м


Yordam kerakmi?

Agar litseyimizda muammoga duch kelsangiz, biz bilan bog'laning.

Biz bilan bog'laning!